AsosiyJamiyat

Oltiariqda farzandi uchun 11 mln so`m aliment to`lagan ota oilasi bilan yarashishni afzal bildi

'Oltiariqda farzandi uchun 11 mln so`m aliment to`lagan ota oilasi bilan yarashishni afzal bildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo`limi ish yurituvidagi FIB Rishton tumanlararo sudining 11.10.2016 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor Sh.Faxriddinovdan undiruvchi M.Faxriddinova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish bo`yicha ijro hujjati mavjud. Bu haqda MIB Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qarzdor Sh.Faxriddinov intizomli ota sifatida aliment pulini o`z vaqtida to`lab kelgan bo`lib, o`z farzandiga otalik qilish uchun oilasini tiklash niyatida 15.10.2020 yilda Byuro tuman bo`limiga murojaat qilgan.

Byuro xodimlarini tashabbusi bilan undiruvchi M.Faxriddinova bilan o`tkazilgan suhbat jarayonida sud qarorida belgilangan aliment pulini qizi 18 yoshga to`lgunga qadarli bo`lgan qismini oldindan to`lab bergan taqdirda yarashishga roziligini ma`lum qilgan va hisoblangan jami 11 mln 160 ming so`m aliment qarzi ota tomonidan oldindan to`liq to`lab berilgan.

Natijada Faxriddinovlar oilasi o`zaro yarashtirilib, farzand o`z otasi bag`riga qaytarilgan. Ijro hujjati bo`yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirish to`xtatilgan.

    Boshqa yangiliklar