Nyu-Yorklik shifokor Vladimir Zelenko tomonidan taklif qilingan koronavirus kasalligini davolash bo`yicha qo`llanma butun dunyo shifokorlari va olimlari o`rtasida tortishuvlar maydoniga aylandi. AQSh Prezidenti Donald Tramp va Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Julianining shu qo`llanma bo`yicha davo topganlariga qaramay, hamon shifokorlar jamoasi yagona xulosaga kelishga ikkilanishmoqda. Doktor Zelenko koronavirusli bemorlar uchun kasalxonaga qadar 15 kunlik davolanish rejimini taklif qilgan: 5 kun – bezgakka qarshi preparat gidroksixloroxin kuniga ikki marta 200 mg, 5 kun – kuniga 500 mg antibiotik azitromisin, 5 kun – mikroblarga qarshi yordamchi sink sulfat kuniga 220 mgdan. Doktor Zelenkoning so`zlariga ko`ra ushbu davolash rejimini ishlab chiqishda u Xitoy va Janubiy Koreyaning ilmiy va epidemiologik ma`lumotlariga tayangan. Zelenko quyidagi patofarmakologik asoslarni keltiradi: «Gidroksixlorokin ruxning hujayraga kirib borishiga yordam beradi. Sink hujayrada virus replikasiyasini sekinlashtirishi ham ma`lum. Azitromisinni ishlatishga kelsak, u bakteriyalarning ikkilamchi ifloslanishiga yo`l qo`ymaydi. Ushbu uchta dori taniqli va odatda yaxshi muhosaba qilinadi, shuning uchun bemorlar uchun xavf miqdori minimal bo`ladi». Mazkur davo uslubi hamon o`rganilmoqda. |
04.11.2020 19:34