O`zbekistonda so`nggi to`qqiz yil ichida aholining uy-joy bilan ta`minlanish darajasi 1 kvadrat metrga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarda keltirilgan. Mamlakatdagi jami turar-joylar maydoni 536,7 million kvadrat metrni tashkil etgan. O`rtacha bir kishiga to`g`ri keladigan uy-joyning umumiy miqdori 2011 yilning 1 yanvariga nisbatan 15 kvadrat metrdan 16 kvadrat metrga ko`paygan. Bir kishiga to`g`ri keladigan uy-joy bilan ta`minlanish darajasining eng yuqori ko`rsatkichi Xorazmda (24,5 kvadrat metr), eng kichik ko`rsatkichi esa Andijon (10,3 kvadrat metr) viloyatlarida qayd etilgan. Taqqoslash uchun, Qozog`istonda bir kishiga 21,9 kvadrat metr, Rossiyada — 25 kvadrat metr, Belarusda — 26,8 kvadrat metr, Armanistonda — 31,4 kvadrat metr, Evropada — 40 kvadrat metr, AQSh va Kanadada — 70 kvadrat metrdan ortiq to`g`ri keladi. Aholisi eng ko`p bo`lgan Xitoyda ham yuqori — 27 kvadrat metr. | |
04.11.2020 21:21
O`zbekistonda bir kishiga o`rtacha 16 kvadrat metr uy-joy maydoni to`g`ri kelmoqda
