Turkiya polisiyasi “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanayotgan uch nafar Rossiya fuqarosini hibsga oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiya fuqarolari Istanbulda portlash sodir etilganidan so`ng qo`lga olingan. Hozirda gumonlanuvchilar yashagan Antaliya shahrida tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ayrim hujjatlar va CD-disklar olib qo`yilganligi aytilmoqda.
Eslatib o`tamiz, kecha, 12 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahri markaziy maydoni Sultonahmadda portlash sodir bo`lishi oqibatida 10 kishi halok bo`lganligi ma`lum qilingan edi. Halok bo`lganlarning to`qqiztasi Germaniya fuqarolari, yana bir nafari esa Janubiy Koreya fuqarosi ekanligi ta`kidlangan edi.





