27 oktyabr kuni soat 11.40 da Sergeli tumanidagi “A. Turbanov” YPX postida o`z xatti-harakatlari bilan shubha uyg`otgan 29 yoshli Fayzullajon N. To`xtatildi. Tekshiruv davomida uning yonidan 34,7 gr. “marixuana” topildi.Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.
|
05.11.2020 04:39
Toshkent shahar IIBB xodimlari giyohvandlik vositalarini saqlash bilan bog`liq faktni aniqlashdi






