«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o`rganish Markazi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida jamoatchilik fikri” mavzusida sosiologik so`rov o`tkazdi.
Bundan maqsad korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi haqida o`zbekistonliklarning fikrini o`rganish, fuqarolarning korrupsiya holatlariga, korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan.
Jamoatchilik fikrining kompleks so`rovi miqdoriy, yuzma-yuz so`rovlar, telefon intervyulari va Internet tarmog`idagi so`rovlar orqali amalga oshirildi.
So`rovda mamlakatning barcha mintaqalari aholisi, erkaklar va ayollar, yoshlar va katta avlod vakillari, shaharliklar va qishloqdagilar ishtirok etdilar.
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida jamoatchilik fikri» mavzusida o`tkazilgan tadqiqot natijalari mamlakatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi mavjud vaziyatni va rivojlanishning yaqin istiqbollarini o`z vaqtida va to`g`ri baholash imkonini beradi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni vaqtida aniqlash va ularga chek qo`yish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jazoning muqarrarligi prinsipini ta`minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish chora-tadbirlarining samarali amalga oshirilishiga to`sqinlik qiluvchi sabablar va omillar haqida xulosalar chiqarishga asos bo`lib xizmat qiladi.
So`rov natijalari ma`lum qilinadi.






