Qashqadaryo viloyatida Qamashi tumani hududida joylashgan o`rmon xo`jaligida yong`in kuzatildi. Viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qilishicha, hodisa 3 noyabr kuni yuz bergan.
5 gektar maydonni qamrab olgan yong`in oqibatida o`rmon xo`jaligi hududidagi noyob daraxtlar, o`simlik va hayvonot dunyosiga talofat etgani ta`kidlanmoqda. Xususan, taxminan 600 ga yaqin Zarafshon archasi yonib ketgan. «Ayni paytda zarar miqdori aniqlanmoqda», -- dedi Karim Yodgorova.
Alohida qayd etishlaricha, yong`in oqibatida aholi orasida jabrlanganlar yo`q. Boshqarma yong`in yuzasidan yaqin vaqt ichida qo`shimcha axborot berishi kutilmoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi