1

Otalik mas`uliyatini his qilgan boyovutlik erkak farzandlari uchun sobiq xotiniga birdaniga 139,9 mln so`mdan ortiq aliment to`ladi

Jamiyat 05.11.2020, 16:10
Otalik mas`uliyatini his qilgan boyovutlik erkak farzandlari uchun  sobiq xotiniga birdaniga 139,9 mln so`mdan ortiq aliment to`ladi

Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Boyovut tumanlararo sudining 13.01.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Abdumalik Raxmanovdan  undiruvchi Dilafruz Raxmanova foydasiga 2 nafar farzandi moddiy ta`minoti uchun voyaga etguniga qadar, qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning 1/3 qismi miqdorida oy sayin aliment undirish haqida ijro ishi mavjud edi.  

Ijro harakatlari davomida qarzdor  Abdumalik Raxmanovga O`zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonuni talablari tushuntirildi.  

Farzandlarining moddiy ta`minoti va majburiyatini anglagan qarzdor ota Abdumalik Raxmanov oldindan undiruvchi Dilafruz Raxmanovaga 2 nafar farzandi uchun 139 mln. 925 ming so`m aliment pullarini biryo`la oldindan to`lab berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1