1

Bosh prokuratura “UZAUTOMOTORS” bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etdi

Jamiyat 05.11.2020, 16:26
Bosh prokuratura “UZAUTOMOTORS” bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etdi

Ma`lum qilinishicha,  bir guruh deputatlar (R.Kusherbaev, D.G`aniev, N.Jumaev, B.Eshmurzaev, Z.Jalolov, A.Temirov) Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan o`tkazilgan tekshiruv yakunlari bo`yicha “UZAUTOMOTORS” AJda qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va iste`molchilarning huquqlariga putur etkazish kabi alomatlar ko`rinayotganligi sababli mazkur masalani Bosh prokuratura mahkamasi tomonidan o`rganilib, huquqiy baho berilishi va jinoyat alomatlari bor yoki yo`qligi yuzasidan o`z nuqtai-nazarini bayon etishni so`rab joriy yilning 21 avgust kuni Bosh prokurorga “Deputatlik so`rovi” yuborgan.

Deputat Rasul Kusherbaevning aytishicha, ko`pchilik saylovchilarni qiziqtirayotgan so`rov yuzasidan shu yilning 4 noyabr kuni Bosh prokuror o`rinbosari imzosi bilan xabarnoma shaklida javob xati olingan. 

" -  Bosh prokuratura tomonidan 28.10.2020 sanasi bilan ro`yxatdan o`tkazilgan xabarnomada “UZAUTOMOTORS” AJda o`tkazilgan tekshirishda to`plangan hujjatlar bo`yicha  jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishi qo`zg`atish rad etilganligi, agar tekshirishdan norozi bo`lsak qaror ustidan shikoyat qilishimiz mumkinligi ma`lum qilingan.  

 Ma`lumot uchun: “Parlament nazorati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq davlat organlarining, xo`jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a`zosining so`roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo`lmasa, so`rov olingan kundan e`tiboran o`n kundan kechiktirmay yozma javob yuborishi, So`rovga javob o`z nomiga so`rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanishi belgilangan.

 Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq, mansabdor shaxslar tomonidan parlament so`rovini, deputat, senator so`rovini ko`rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko`rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto`g`ri ma`lumotlarni qasddan taqdim etish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi, " - deydi deputat. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1