1

Farg`onada er sobiq xotiniga 48 mln so`m to`lab uyni saqlab qoldi

Jamiyat 05.11.2020, 17:28
Farg`onada er sobiq xotiniga 48 mln so`m to`lab uyni saqlab qoldi

Majburiy ijro byurosi Quvasoy shahar bo`limi ish yurituvida 07.10.2019 yildagi fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining javobgar M.Mamasadiqovdan da`vogar Sh.Otaqulova foydasiga 48 mln 28 ming 928 so`m undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo`lib, unga ko`ra er-xotin o`rtasida umumiy ro`zg`or ostida orttirilgan daromadni, aniqrog`i Quvasoy shahar, A.Azizov ko`chasi, 227/40-uyni taqsimlash ko`zda tutilgan.  

Ijro hujjati bo`yicha javobgar sud jarayonida kvartiraning qiymatini ikkidan bir qismini to`lab berishini va`da bergan va shu asosda sud qarori qabul qilingan bo`lsada, biroq va`dasini bajarish o`rniga, davlat ijrochisidan qochib yurgan.

Davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, sud hujjatida ko`rsatilgan kvartira bo`yicha har qanday oldi-sotdi va boshqa huquqiy munosabatlarni amalga oshirish yuzasidan  taqiq qo`yilgan. Keyinchalik, qarzdor 48 mln 28 ming so`mni to`lab berishi masalasi gumon ostida qolganligi va u to`lashdan bo`yin tovlaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan kvartirani onlayn savdo maydonchasi orqali sotuvga qo`yish bo`yicha tegishli choralar ko`ra boshlagan.  

Shundagina, uyidan ayrilib qolishni istmagan M.Mamasadiqov 48 mln 28 ming 928 so`m qarzdorlikni Byuroning Quvasoy shahar bo`limiga keltirib, AQSh dollari pul birligida da`vogar turmush o`rtog`i Sh.Otaqulovaga sanab topshirdi. Ijro hujjati amalda to`liq ijro etilganligi sababli tamomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1