2020 yil 5 noyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 009 (+77) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 68 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Bugun ayni paytga qadar:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,
- Andijon viloyatida 9 nafar,
- Buxoro viloyatida 7 nafar,
- Jizzax viloyatida 9 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 8 nafar,
- Samarqand viloyatida 4 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
- Xorazm viloyatida 12 nafar,
- Toshkent shahrida 73 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 65 254 (+142) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
️Hozirda mamlakatimizda 2 176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






