1

Denov tumanida hokim o`zgardi

Jamiyat 05.11.2020, 19:58
Denov tumanida hokim o`zgardi

Bugun, 5 noyabr kuni Xalq deputatlari Denov tuman kengashining sessiyasi bo`lib o`tdi. Ushbu sessiyada tashkiliy masala ko`rib chiqiladi. Unda 2018 yil 11 noyabrdan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyop Ibotov vazifasidan ozod etilgan.

Denov tumani hokimi lavozimiga Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Pardaev tasdiqlangan.

Ma`lumot o`rnida, Rustam Pardaev 1979 yil Qiziriq tumanida tug`ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1