1

O`zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 254 nafari og`ir, 68 nafari esa o`ta og`ir ahvolda

Jamiyat 05.11.2020, 23:31
O`zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 254 nafari og`ir, 68 nafari esa o`ta og`ir ahvolda

Shu yilning 5 noyabr kuni mamlakatimizda 215 holatda kasallik qayd etildi.  

Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 579 nafarga etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 221 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 68 060 nafar bemordan 65 333 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2148 nafar bemordan 254 nafari og`ir, 68 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1