1

Suratdagi bu avtoraqam nega o`zgacha? IIV izoh berdi

Jamiyat 06.11.2020, 04:29
Suratdagi bu avtoraqam nega o`zgacha? IIV izoh berdi

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati suratdagi avtomobil "buyurtma" raqamining nega o`zgacha ekanligiga izoh berdi. 

"O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va ularga ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha berish tartibi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq buyurtma asosida avtotransport vositalari uchun oshirilgan to`lov stavkasi bo`yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish tartibi  ko`rsatilgan.

UMO seriyali xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan davlat raqami belgilari ham shu tartibda belgilangan to`lovlar (bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari) asosida buyurtmaga muvofiq o`rnatilgan tartibda transport vositalariga rasmiylashtirib berilgan.

Xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan davlat raqami belgilarini hududiy YHXBlarga topshirish oddiy davlat raqami belgilarini topshirish bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi"- deyiladi izohda.

Bundan chiqdi 223 000*150=33 450 000 so`m evaziga siz ham huddi shundayturdagi avtoraqamga buyurtma birishingiz mumkin.

 

 

 


 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1