1

Yangi Cog`liqni saqlash vaziriga o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 06.11.2020, 14:09
Yangi Cog`liqni saqlash vaziriga o`rinbosar tayinlandi

Prezidentimizning tegishli qarori bilan  Akademik Yo.X.To`raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasida ishlab kelgan Alimov Anvar Valievich Cog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari – Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.  Bu haqda vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  

Ma`lumot uchun, tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov Toshkent pediatriya instituti rektori, O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri singari mas`ul lavozimlarda ishlagan.

2020 yilda "O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sog`liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1