AsosiyJamiyat

Ham o`quvchi, ham o`qituvchi, ham jamiyat manfaatdor bo`ladigan tizim qanady ishlaydi?

'Ham o`quvchi, ham o`qituvchi, ham jamiyat manfaatdor bo`ladigan tizim qanady ishlaydi?'ning rasmi

24 oktyabr kuni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga “Mamlakatimiz ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident Farmoni loyihasi joylashtirildi. 8 noyabrga qadar davom etgan Farmon loyihasini 31 000 dan ortiq kishi kuzatib, unga 300 dan ortiq takliflar bildirilgan. Bu bo`yicha 30 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi ham bo`lib o`tdi. Yig`ilishda ta`lim tizimini isloh etuvchi bir nechta yangi mexanizmlar muhokama qilinib, Farmon doirasida mas`ullarga muhim topshiriqlar berildi. 

O`QUVChILARNI FAQAT YoDLAShGA EMAS, BALKI FIKRLAShGA ChORLAYDIGAN METODIKA YaRATILADI

Yig`ilishda maktablardagi o`quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko`rib chiqish, o`quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta`kidlandi.Bu borada umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo`yicha dunyoda eng ilg`orlardan biri bo`lgan Finlyandiya davlati tajribasi misol qilib keltirildi. Xalq ta`limi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy o`quv dasturi ishlab chiqib, 2021-2022 o`quv yilidan boshlab ta`lim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi yuklatildi.Yangi metodikani samarali yo`lga qo`yish uchun barcha maktab o`qituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida o`qitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yo`nalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari bo`yicha chet ellardagi ilg`or darsliklar chuqur o`rganib chiqiladi.

O`G`IL-QIZLAR 7-SINFDAN KASB-HUNARGA YO`NALTIRILADI

Kelgusi yildan boshlab 7-sinfdan o`g`il-qizlarning kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yo`naltirish amaliyoti joriy qilinishi belgilandi. Hududdagi sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish korxonalari maktablarga biriktiriladi.

KUChLI MAKTABLAR O`QITUVChISIDAN DIREKTORIGAChA RAG`BATLANTIRILADI

Ta`lim sifati bo`yicha har bir tuman, shahar va viloyatlarmaktablari reytinglariishlab chiqilib, reyting natijalariga qarab, birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy byudjetdan ustama to`lanadi.

Shuningdek, maktablar direktorlari jamg`armasidan:

  • o`quvchilarining 95 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta`lim tashkilotlariga o`qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan direktorlarga – mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 12 baravari (hozirda 8 151 960 so`m), direktorning o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosarlariga – 6 baravari (hozirda 4 075 980 so`m);
  • o`quvchilarining 90–94 foiz qismi oliy hamda professional ta`lim tashkilotlariga o`qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan direktorlarga – 9 baravari (hozirda 6 113 970 so`m), direktorning o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosarlariga – 4,5 baravari (hozirda 3 056 985 so`m);
  • o`quvchilarining 85–89 foiz qismi oliy hamda professional ta`lim tashkilotlariga o`qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan direktorlarga – 6 baravari (hozirda 4 075 980 so`m), direktorning o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosarlariga – 3 baravari (hozirda 2 037 990 so`m) miqdorida rag`batlantiriladi.

Shu bilan birga, xalq ta`limi bo`limi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman reytingida birinchi va ikkinchi o`rinni egallagan maktablarning 2 nafar ilg`or o`qituvchisiga kasaba uyushmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yo`llanma beriladi. Umumta`lim muassasalari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun to`lovlar 1,5 baravarga oshiriladi. 2021 yil 1 apreldan boshlabesa hududiy xalq ta`limi bo`linmalari metodistlarining ish haqi miqdori oliy toifali o`qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

HUDUDLARDAGI ShOIR VA YoZUVChILAR MAHALLIY BYuDJET MABLAG`LARIDAN OYLIK MAOSh OLADI

Maktablar bilim bilan birga tarbiya, ma`naviyat maskani ham ekanligini hisobga olib, bu ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilar keng jalb qilinadi. Maktablarning direktor jamg`armasidan va mahalliy byudjet mablag`laridan  ularga oylik maosh ham to`lanadi.

Bu – yillar davomida ko`rinmaydigan, ammo natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan o`zgartirishga asos bo`ladigan qudratli manba”, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoev mazkur Farmon haqida.

 

Sardorbek RAHMONQULOV tayyorladi

    Boshqa yangiliklar