AsosiyJamiyat

Tibbiyot muassasalaridagi korrupsiya holatlari o`rganiladi

'Tibbiyot muassasalaridagi korrupsiya holatlari o`rganiladi'ning rasmi

Kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida sog`liqni saqlash sohasini shaffof tizimga aylantirish, shifokorlarning halol, pok ishlashlari uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, tizimda hamon poraxo`rlik va ta`magirlik holatlari uchrayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan, davlatimiz rahbari tomonidan mazkur salbiy illatga barham berish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, Agentlik Sog`liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda tibbiyot muassasalarini korrupsiyadan tozalaydi, har bir shifoxona rahbarining o`z vazifasiga loyiq ekanini o`rganadi.

    Boshqa yangiliklar