Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo`ldoshev raisligida Korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlari tahlili muhokamasiga bag`ishlangan idoralararo yig`ilish boshlandi.
Videoselektor tarzida o`tayotgan mazkur tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mas`ul xodimlari, Hukumat a`zolari, Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, tegishli vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va mas`ul xodimlari qatnashishyapti.
Joylardan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman-shahar hokimlari, prokurorlari, tegishli vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hududiy tuzilmalari rahbarlari hamda mas`ul xodimlari ishtirok etyapti.
Yig`ilishda prokuraturaning nazorat tadbirlari hamda tergov natijalari tahlili asosida korrupsiya eng ko`p uchrayotgan sohalar, vazirlik va idoralar kesimida aniq misollar va raqamlarda ko`rsatib berilishi kutilmoqda.






