AsosiyJamiyat

O`tgan 2 yilda 1.986 nafar mansabdorlar korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan

'O`tgan 2 yilda 1.986 nafar mansabdorlar korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan'ning rasmi

Idoralararo yig`ilishda bosh prokuror N.Yo`ldoshev nemis davlat arbobiBismarkning “Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo`ladi. Ammo amaldor yomon bo`lsa, eng yaxshi qonunlar ham yordam   bermaydi”,  degan so`zlaridan iqtibos keltirib, bu purma`no so`zlar bugunga qadar dolzarbligini yo`qotmaganligini ta`kidladi.

- Taassufki, respublikamizda o`tgan 2 yilda 1.986 nafar mansabdor shaxslar korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.Bunday jinoyatlar oqibatida etkazilgan moddiy zarar miqdori 2 trln. so`mdan oshgan, - deya ta`kidladi bosh prokuror.

Yig`ilishda Iqtisodiy sohadagi korrupsiyaviy holatlar asosan byudjet mablag`laridan foydalanish jarayonida sodir etilayotanligi ta`kidlandi.

O`tgan 2 yilda respublika bo`yicha 371 mlrd. so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilish holatlari aniqlanibbu qilmishlar uchun 2.477 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Byudjet mablag`larining rasional taqsimlanishi va maqsadli ishlatilishi yuzasidan davlat nazoratiga mas`ul moliya organlarida yuklatilgan vazifalar talab darajasida bajarilmayotgani tanqid ostiga olindi.

Moliya organlarining byudjet sarfini to`laqonli nazorat qilishiga tizimdagi korrupsiya holatlari ham to`sqinlik qilmoqda.

O`tgan 2 yilda moliya organlarining 41 nafar xodimi korrupsiya holatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Masalan, Davlat moliyaviy nazorati departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi N.Uzun qurilish kollejida aniqlangan 265 mln. so`mlik kamomadni yashirish evaziga kollej bosh hisobchisi A.dan 2.000 dollar va 500 ming so`m olganligi uchun sud hukmi bilan jazoga tortilgan.

Yoki, G`aznachilikning andijon viloyati boshqarmasi mansabdor shaxslari xodimlarga ish haqi berish vaji bilan bankdan 1 mlrd. so`m ortiqcha pul olishga erishib, uni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov o`tkazilmoqda.

Vazirlik tizimidagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining 22 nafar xodimi pensiya uchun ajratilgan mablag`larni talon-toroj qilgani va boshqa suiiste`molchiliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Masalan, jamg`armaning Piskent tumani bo`limi bosh inspektori M. “Xalq banki” kassiri H. bilan birga, 142 nafar vafot etgan fuqarolar nomiga pensiya rasmiylashtirib, jami 86 mln. so`mni o`zlashtirib yuborgan.

    Boshqa yangiliklar