AsosiyJamiyat

Qurilish sohasi korrupsiyalashgan sohalardan biri bo`lib qolayotgani oqibatida 1.233 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi – Nig`matilla Yo`ldoshev

'Qurilish sohasi korrupsiyalashgan sohalardan biri bo`lib qolayotgani oqibatida 1.233 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi – Nig`matilla Yo`ldoshev'ning rasmi

Bosh prokuraturada o`tayotgan idoralararo yig`ilishda Bosh prokuror N.Yo`ldoshev Qurilish sohasi korrupsiyalashgan sohalardan biri bo`lib qolayotgani oqibatida so`nggi 2 yilda 1.233 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilganini ham ta`kidladi.

- Qurilish uchun er ajratish, tanlov va tender o`tkazish, shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish, muhandislik - kommunikasiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida korrupsiya ko`plab kuzatilmoqda.

Misol uchun, Navbahor tuman hokimining 1-o`rinbosari X. “Konimex baliqchi” jamiyati rahbari A.dan baliqchilik havzasiga kollektor qazilishiga ruxsat berishi evaziga 11 ming dollar olganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Byudjetdan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari uchun pudratchilarni tanish - bilishchilik yoki pora evaziga tanlab olish kabi korrupsiyaviy amaliyot kuzatilmoqda.

“Suvoqova” korxonasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutaxassisi N. “Diyorbek Uchqun” korxonasi rahbari B.ga tanishlari orqali qurilish ob`ekti olib berish evaziga 14 ming dollar berishni talab qilib,9 ming dollar olganda qo`lga olingan, - dedi bosh prokuror.

Bu sohada davlat boshqaruvi va nazoratiga mas`ul Qurilish vazirligi tizimida ham suiiste`molchiliklar kuzatilayotganligi alohida ta`kidlandi.

Masalan, Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari A.  va Chilonzor tuman hokimiyati bo`limi boshlig`i Sh. “Max Saodat” jamiyatiga ko`p qavatli uy - joy qurish uchun Chilonzor tumanidan 

1 gektar er ajratish evaziga 1 mln. 400 ming dollar  talab qilib, 50 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan. 

    Boshqa yangiliklar