1

Transport vazirligi va sohadagi korxonalar xodimlari byudjet mablag`larini talon-toroj qilish, yo`lovchi va yuk tashish xizmatidan tushgan pullarni o`zlashtirgan

Jamiyat 07.11.2020, 11:20
Transport vazirligi va sohadagi korxonalar xodimlari byudjet mablag`larini talon-toroj qilish, yo`lovchi va yuk tashish xizmatidan tushgan pullarni o`zlashtirgan

Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo`ldoshev raisligida o`tayotgan yig`ilishda Transport sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari bartaraf etilmagani ham tilga olindi.

N.Yo`ldoshev, bosh prokuror: - So`nggi ikki yilda Transport vazirligi va sohadagi korxonalar xodimlaridan 57 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarga qo`l urgan.

Tahlillarga ko`ra, tizimda yo`l qurilishi uchun ajratilgan byudjet mablag`larini talon-toroj qilish, yo`lovchi va yuk tashish xizmatidan tushgan pullarni o`zlashtirish bilan bog`liq jinoyatlar sodir etilmoqda.

Masalan, “Kattaqo`rg`on tuman yo`llardan foydalanish” korxonasi direktori R.  bosh hisobchi Sh. hamda muqaddam shu korxonada sodir etgan qator  jinoyatlari uchun sudlanib, korxonada faoliyatini yana davom ettirib kelayotgan jinoiy sheriklari bilan til biriktiribumuman ta`mir ko`rmagan 20 ta yo`lni ta`mirdan chiqarganliklari haqida qalbaki hujjatlarni tuzib, 2,4 mlrd. so`m byudjet mablag`larini o`margan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1