1

Madaniyat vazirligining ayrim mansabdorlari o`ziga xos jinoiy sxema yaratishgan - Nig`matilla Yo`ldoshev

Jamiyat 07.11.2020, 12:06
Madaniyat vazirligining ayrim mansabdorlari o`ziga xos jinoiy sxema yaratishgan - Nig`matilla Yo`ldoshev

Bosh prokuraturada o`tayotgan yig`ilishda Madaniyat, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, xalq ta`limi, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamda Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish qo`mitasi tizimi ham korrupsiyadan xoli emasligi ko`rsatib o`tildi.

Masalan, Madaniyat vazirligining ayrim mansabdorlari o`ziga xos jinoiy sxema yaratishgan.

Muqaddam o`g`irlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tab chiqqan I. 2019 yil fevral oyida vazirlik bosh hisobchisi lavozimiga tayinlanganByudjetni o`marishda qulay imkoniyatni qo`lga kiritgan I. dastlab ishni tanishlari Yo. va K. bilan jinoiy reja tuzishdan boshlaydi.

Rejaga ko`ra, I. vazirlik xaridlarini fuqaro K. va uning yaqinlariga tegishli firmalarga berish uchun 26 ming dollar ulush oladi.

Shundan so`ng, vazirlik tizimidagi teatr, madaniyat uylari va boshqa tashkilotlarga zarur grim mahsulotlari uchun tanishi K.ga tegishli firmalarga 2,6 mlrd. so`m o`tkazib beriladi.

O`z navbatida, bu firmalar grim o`rniga “O`rikzor” bozoridan 264 mln. so`mga arzon va sifatsiz kosmetika mahsulotlarini sotib olib, uni grim ekanligi haqida soxta hujjatlarni tuzib, vazirlikka topshiradi. 

Vazirlik esa, madaniyat muassasalariga umuman kerak bo`lmagan bu mahsulotlarni grim sifatida soxta hujjat qilib, ularga etkazib beradi.

Sxemaga ko`ra, mahsulot narxi hujjatlarda bir necha barobar qimmat ko`rsatilib, 2,3 mlrd. so`m mablag` talon - toroj qilingan.

Vazirlik ishlar boshqarmasi boshlig`i O. teatr va musiqiy maktablarga aslida etkazib berilmagan mebel va musiqa anjomlari etkazib berilgani haqida soxta hujjatlar tuzib, 1,7 mlrd. so`mni o`ziga tanish firmalarga o`tkazib, talon - taroj qilgan.

Shuningdek, 13,5 mlrd. so`mlik mebel va jihozlarni tanishlaridan 20,2 mlrd. so`mga olish yo`li bilan 6,7 mlrd. so`m ham talon - toroj qilingan.

Bu jinoiy sxema bilan 12 mlrd. so`m byudjet mablag`i o`marilgan. Hozirda bu shaxslar qamoqqa olinib, tergov o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1