1

Bosh prokuratura: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimlari jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortildi

Jamiyat 07.11.2020, 13:12
Bosh prokuratura: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimlari jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortildi

Bosh prokuraturada o`tgan yig`ilishda Vazirlik va idoralarda korrupsiyaga imkon berayotgan ayrim sabab va shart-sharoitlar o`rganilganda, ayrim sohalarda ichki idoraviy nazorat hamda yuridik xizmatning o`rni sezilmayotgani, ba`zi rahbarlarning o`zi bundan manfaatdor emasligi ham korrupsiyaga chek qo`yishga imkon bermayotgani ta`kidlandi.

Barcha sohalarda qonunlar ijrosini bevosita ta`minlashga mas`ul boshqaruv idoralari, ijro ustidan nazoratga mas`ul esa 50 dan ortiq nazorat-tekshiruv organlari mavjudBiroq, nazorat organlarining qonuniylikka ta`siri sezilmayotgani tanqid ostiga olindi.

Yig`ilishda huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi korrupsiya holatlari muhokama qilindi.

O`tgan 2 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimlari jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilganligi ko`rsatib o`tildi.

Masalan, “Ark buloq” bojxona posti boshlig`i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli sub`ektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko`rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so`m zarar etkazgan.

Tergov jarayonida J.ning uyida o`tkazilgan tintuvda, pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar olingan.

Bundan tashqari, jinoiy yo`l bilan topilgan pullar evaziga Bo`stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, “Toshkent-siti” majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda “Kaptiva” avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan.

Hozirda J. va sheriklari sud oldida javob  bermoqda. 

Yig`ilish yakuni bo`yicha tegishli sohalar, vazirlik va idoralarda korrupsiyaga barham berish bo`yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1