AsosiyJamiyat

Uchko`prik tumanida xaridorning 200 AQSh dollar puli qalbakiligi aniqlandi

'Uchko`prik tumanida xaridorning 200 AQSh dollar puli qalbakiligi aniqlandi'ning rasmi

Uchko`prik tumani. 3 noyabr kuni b.A. IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 10 may kuni noma`lum shaxs Begobod qishlog`i hududida joylashgan kredit savdo do`konida uyali telefon sotib olmoqchi ekanligini aytib, unga tegishli bo`lgan "Samsung Galaxy A 20-S" rusumli uyali telefon apparatini 2.100.000 so`mga sotib olishga kelishib, ikki dona 100 AQSh dollar kupyurasidagi 200 AQSh dollari hamda 80.000 so`m pullarini berib, telefonni olib, kredit savdo do`konidan chiqib ketgan so`ng, noma`lum shaxsdan olgan 200 AQSh dollari kupyurasi qalbakiligi haqida shubha qilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

O`tkazilgan texnik kriminalistik ekspertizasining xulosasiga ko`ra, 2 dona 200 AQSh dollari qiymatidagi kupyura AQSh pul biletlarini ishlab chiqaruvchi davlat korxonalarida tayyorlanmaganligi, kupyura tekis ofset bosma usulda amalga oshirilganligi ko`rsatib o`tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni D.F. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.

 

Boshqa yangiliklar