AsosiyJamiyat

5 soat ichida yana 74 kishida koronavirus aniqlandi - SSV

'5 soat ichida yana 74 kishida koronavirus aniqlandi - SSV'ning rasmi

Bugun, 7 noyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 512 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari 74 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 23 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Soat 18:00 holatiga ko`ra, yangi kasallanish holati 71 nafar, jami 68 438 bemor edi. 

Ayni paytga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar, Buxoroda viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Jizzax viloyatida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Toshkent viloyatida 65 nafar, Toshkent shahrida 83 nafar, jami 212 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda mamlakatimizda 2 167 nafar bemor davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar