AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda pandemiya paytida vafot etgan shifokorlarning oilasiga bir martalik pul mukofoti beriladi

'Qashqadaryoda pandemiya paytida vafot etgan shifokorlarning oilasiga bir martalik pul mukofoti beriladi'ning rasmi

Pandemiya paytida Qashqadaryo viloyatida vafot etgan shifokor va hamshiralarning oila a`zolariga "Tibbiyot xodimlari kuni" bayrami munosabati bilan hokimlikning bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bu haqda 7 noyabr kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ishtirokida bo`lib o`tgan bayram tadbirida ma`lum qilingan.

“Nasafnews” yozishicha, vafot etgan shifokorlar va hamshiralarning yaqinlariga 5 mln so`mdan 10 mln so`mgacha pul tarqatiladi.

    Boshqa yangiliklar