Kecha, 7 noyabr soat taxminan 01-00 larda Ohangaron tumani «Chinor» YPX maskanida tungi xizmatni o`tayotgan Toshkent viloyati IIBB YPX xodimlari tomonidan «Namangan-Toshkent» yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobili to`xtatiladi.
Bu haqda xabar bergan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, avtomobil va uning salonini ko`zdan kechirish davomida qoplar va qutilarga joylashtirilgan 405 dona (mushaklar) pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokidan rasmiylashtirilib olinadi va qonuniy chora ko`rish uchun hududiy IIB yuboriladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






