Telegram'dagi tarqalgan ma`lumotlarga ko`ra, 2020 yilda O`zbekistonda 485 dan ortiq, Sirdaryoda esa 9 nafar tibbiyot xodimlari vafot etgan.
O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi esa shu kungacha qancha tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani haqida ma`lumot bermagan.
Mazkur ro`yxatda qayd etilganlar orasida sirdaryolik tibbiyot xodimlari (fotosuratdagilar) quyidagilar;
ANARQULOV ABDULLA — Sirdaryo viloyati onkologiya-radiologiya bo`limi mudiri bo`lgan.
ShONAZAROV ERKIN MURTAZAQULOVICh — Sirdaryo viloyati bosh LOR vrachi lavozimida ishlagan.
MAVLONOV UMRZOQ QORABOEVICh — Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida ultratovush diagnostikasi vrachi sifatida faoliyat yuritgan.
ALLAEVA XAMROXON DUShABOEVNA — Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi ko`p tarmoqli maslaxat poliklinikasi mudiri bo`lgan.
QOSIMOV MAMATQUL ShODMONOVICh — Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologiya markazida sanitariya shifokori bo`lib ishlagan.
TUXTABEKOV ABDUVALI UMARQULOVICh — Guliston tibbiyot birlashmasida kardiolog vazifasida mexnat qilgan.
TURSUNQULOV SODIQJON XASANOVICh — Guliston tumani markaziy shifoxonasida jarroh bo`lgan.
MAMATQULOVA DILAFRUZ NEMATULLAEVNA — Guliston shaxar 20-maktabgacha ta`lim tashkilotida hamshira bo`lib xizmat qilgan.
BIRAJABXON KARIMOVA — Guliston shaxridagi xususiy klinikada endokrinolog bo`lib ishlagan.
Ma`lumot o`rnida, ushbu ro`yxatdagi marhum va marhumalarning vafot etish sabablari hamda sanalari to`g`risidagi ma`lumotlar ochiqlanmagan. Shuningdek, vafot etgan sirdaryolik tibbiyot xodimlarining aniq sonlari to`g`risida ham ma`lumotlar berilmagan.
Avvalroq «Gazeta.uz» nashri Davlat statistika qo`mitasi taqdim etgan ma`lumotlarga asoslanib, koronavirus pandemiyasi sababli O`zbekistonda iyul oyida o`limlar soni 26,4 foizga, Toshkent shahrida 2,6 barobarga ko`paygani haqida yozgan edi. O`lim holatlari soni oshishiga aynan nima sabab bo`lgani haqidagi so`rovga Sog`liqni saqlash vazirligi hali ham javob bermagan.






