2020 yil 8 noyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 665 (+72) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent shahrida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,
- Andijon viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 7 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
- Namangan viloyatida 14 nafar,
- Farg`ona viloyatida 7 nafar
- Xorazm viloyatida 13 nafar,
- Toshkent shahrida 66 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 65 890 (+128) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 2 190 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






