AsosiyJamiyat

Sirdaryoda tezlikni oshirgan haydovchi piyodani urib yubordi

'Sirdaryoda tezlikni oshirgan haydovchi piyodani urib yubordi'ning rasmi

6 noyabr kuni soat 19:00 da Sirdaryo tumani Baxor MFY Guliston ko`chasining 4 kmda 1994 yilda tug`ilgan haydovchi Q.B, "Damas" avtotransportini boshqarib ketayotgan vaqtida, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda 1966 yilda tug`ilgan U.G. ni avtomashinaning old qismi bilan urib yuborib, YTH sodir etgan. Bu haqda  viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar berdi. 

 Haydovchi piyodaga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat etgan.

Ma`lum qilinishicha, piyoda U.G. “o`ng son o`rta pastki uchligidan yopiq balandlatib sinib siljishi, o`ng son yuqori uchligi chap tizza soxalarini yuzaki sidirilganligi” tashxisi bilan Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo`limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tuman IIB Tergov bo`limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar