1

O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 68 730 (+65) nafarni tashkil etmoqda

Jamiyat 08.11.2020, 22:40
O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 68 730 (+65) nafarni tashkil etmoqda

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 8 noyabr soat 22:30 holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 730 (+65) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 65 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:  

Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,  

Andijon viloyatida 9 nafar,  

Jizzax viloyatida 7 nafar,  

Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,  

Namangan viloyatida 14 nafar,  

Farg`ona viloyatida 7 nafar

Xorazm viloyatida 13 nafar,

Toshkent viloyatida 71 nafar,  

Toshkent shahrida 76 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 65 971 (+209) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 174 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1