1

To`raqo`rg`onda tanishini ketmon dastasi bilan urgan erkakka jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 09.11.2020, 10:30
Teglar: To`raqo`rg`on
To`raqo`rg`onda tanishini ketmon dastasi bilan urgan erkakka jinoyat ishi qo`zg`atildi

Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida yashovchi erkak 4 noyabr, chorshanba kuni tanishini ketmon dastasi bilan urganligi uchun jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 4 noyabr kuni tungi soat 00:30 atrofida To`raqo`rg`on tumanida yashovchi 1986 yilda tug`ilgan fuqaro uyida tanishi bilan janjallashgan. Oqibatda 1978 yilda tug`ilgan tanishini ketmon dastasi bilan urgan.

Xabarga ko`ra, 1978 yilda tug`ilgan fuqaro og`ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ta`kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan 2020 yil 5 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 
  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1