1

Buxoroda "SES" boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 09.11.2020, 13:09
Buxoroda "SES" boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi

Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig`i karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati uchun jarima tayinlamaslik evaziga 400 dollar va 500 ming so`m pora olayotganda ushlandi.

Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig`i pora olayotganida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 7 noyabr kuni tezkor tadbir o`tkazilgan. Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig`i Q.R. o`z xizmat mavqeidan foydalangan holda Buxoro shahridagi “Jamila Jahoni Lazzat Omad” MChJ rahbari Q.M.dan karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati uchun jarima tayinlamaslik evaziga pul talab qilgani aniqlangan.

So`ngra u tamagirlik yo`li bilan kimyoviy ishlov berilgan 400 dollar va 500 ming so`m naqd pullarni o`zining xizmat xonasida pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu holat bo`yicha JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1