AsosiyJamiyat

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bosh hisobchisi tomonidan 2.6 milliard so`mga 56 barobar qimmat narxda grim sotib olish uchun tuzgan hujjatlarga imzo qo`ygan edimi?

'Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bosh hisobchisi tomonidan 2.6 milliard so`mga 56 barobar qimmat narxda grim sotib olish uchun tuzgan hujjatlarga imzo qo`ygan edimi?'ning rasmi

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari, jurnalistlar va keng jamoatchilik ishtirok etayotgan “Vazir onlayn” videokonfrensiyasi boshlandi.

 Ishtirokchilar tomonidan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov  quyidagicha savol berildi: 

—  Bosh prokuror tomonidan vazirlik bosh hisobchisi 2.6 milliard so`mga 56 barobar qimmat narxda tizimdagi teatr, madaniyat uylari va boshqa tashkilotlar uchun grim sotib olganligi haqida ma`lum qildi. Aytingchi, ushbu holatda tuzilgan shartnoma va hujjatlarga siz imzo qo`yganmisiz yoki...

Qolaversa, boshqalar bilmasa-da, s`yomkalar jarayonida juda ko`p bor foydalangan qo`shiqchi sifatida kosmetik pudra nima ekanligini siz yaxshi bilasiz. Aytingchi, O`rikzor bozoridan sotib olingan sifatsiz kosmetik pudrani soxta hujjatlar bilan grim deya rasmiylashtirilishi sizda shubha uyg`otmaganmi?

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ushbu savolga quyidagicha javob berdi.

"  - Avvalo shuni aytish kerakki, bu hol vazirlik uchun uyatli.

Afsuski, men bu voqeadan jinoyat ishi ochilgandan so`ng xabar topdim. Ya`ni tender vaqtida qatnashmaganman.  

Bilasizmi, firma tomonidan vazirlikka namuna tarzida toza grimm ko`rsatilgan. Lekin teatrlarga oddiy mahsulot etkazilgan.

Shundan so`ng teatr xodimlari bizga shikoyat qilishganidan so`ng jinoyat ishi ochildi.

Onlayn konfrensiyani quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/85891050114?pwd=WHkxNWI0NXZCVSt0QnlBYlBYMEhWdz09

 

    Boshqa yangiliklar