AsosiyJamiyat

Bitiruvchilarning 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkichi oliy ta`lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

'Bitiruvchilarning 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkichi oliy ta`lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi'ning rasmi

XTV axborot xizmati xabar berishicha, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta, o`rta maxsus ta`lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta`limning so`nggi 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkichi kiritiladi va ushbu ko`rsatkich oliy ta`lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Mazkur tartib “O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmonida belgilab berildi.

2022/2023 o`quv yiliga qadar o`quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta`minlash maqsadida barcha umumta`lim muassasalarida "Elektron kundalik" dasturini joriy qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar