AsosiyJamiyat

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko`chadi

'O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko`chadi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 noyabr kuni sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`inini takomillashtirish hamda aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida vazir o`rinbosari Abdulla Azizovdan tizimdagi muammolar haqida so`ragan.

Abdulla Azizov qator muammolar haqida so`zlarkan, vazirlik binosi ham zamonaviy talablarga javob bermay qolgani haqida to`xtalib o`tadi. Shavkat Mirziyoev bu masalaga chindan ham e`tibor berish va echim topish kerakligini bildirgan.

Bu haqda Abdulla Azizov o`z rasmiy sahifasida ma`lum qilgan. 

Vazirlikdagi manbaning Kun.uz'ga ma`lum qilishicha, chindan ham 150 nafarga yaqin xodim doimiy, yana 50 nafarga yaqin kishi shartnoma asosida ishlaydigan vazirlik binosi zamonaviy talablarga javob bermay qolgan. Aksariyat xonalar tor, ta`mirtalab. Ayniqsa joriy yilda juda ko`pchilik delegasiyalar tashrif buyurganida va tizimga yuklama ortganida bu kamchiliklar yaqqol sezilgan.

Ayni paytda vazirlik qaysi binoga ko`chishi bo`yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Yig`ilishda dalat rahbari tomonidan Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining avvalgi binosini SSVga berish bo`yicha taklif ham ilgari surilgan.

Vazirlikni yangi manzilga ko`chirish sanasi bo`yicha ayni paytda biror rasmiy qaror qabul qilingani haqida ma`lumot mavjud emas.

 

    Boshqa yangiliklar