AsosiyJamiyat

O`zbekistonning uchta hududida 91 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonning uchta hududida 91 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 9 noyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 68 879 (+91) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining  77 nafari Toshkent shahrida,  9 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:  

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,  
  • Andijon viloyatida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,  
  • Samarqand viloyatida 11 nafar,  
  • Surxondaryo viloyatida 16 nafar,  
  • Toshkent viloyatida 37 nafar,  
  • Toshkent shahrida 45 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 66 107 (+136) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

️Hozirda mamlakatimizda 2 186 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar