Indoneziya poytaxti Jakarta shahridagi oltita terakt oqibatida o`n kishi halok bo`lgani aytilmoqda. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Halok bo`lganlar orasida polisiyachilar, chet el fuqarosi va to`rt nafar terrorchilar bor. Yana 10 kishi og`ir yaralangan. Ular orasida chet el fuqarosi ham bor.
Portlashlar uchun javobgarlikni hozircha hech kim o`z bo`yniga olmayapti. Avvalroq, “Islom davlati”(DAISh) terrorchilik tashkiloti Indoneziyada terakt sodir etish bilan tahdid qilgan edi. Ammo, hozircha bugun mamlakat poytaxtida sodir bo`lgan teraktlarga mazkur terrorchilik guruhining aloqasi bor-yo`qligi ma`lum emas.
Eslatib o`tamiz, Jakartada bugun 14 yanvar kuni oltita portlash yuz bergan edi.





