Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 769,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. O`tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o`sish 101,4 % ni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 11,0 ming tonnaga . Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo`lgan hududlar: Buxoro viloyati – 80,6 % Farg`ona viloyati – 18,5 % Qashqadaryo viloyati – 1,0% Ma`lumot o`rnida, mamlakatimiz 2020 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga 55,9 mln. litr yoki 15,6 mln. AQSh dollarlik avtomobil benzinini eksport qilgan. O`z navbatida yurtimizga xorijiy davlatlardan 152,9 mln. litr yoki 33,1 mln. AQSh dollarlik avtomobil benzini import qilingan. |
10.11.2020 09:43
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 11 ming tonnaga ko`paygan
