AsosiyJamiyat

Qo`qon shahrida xonadonga o`g`irlikka tushgan shaxs qamoqqa olindi

'Qo`qon shahrida xonadonga o`g`irlikka tushgan shaxs qamoqqa olindi'ning rasmi

7 noyabr kuni Muqimiy ko`chasida yashovchi G.R. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 06 noyabr kuni noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, oshxonasida bo`lgan narxi 2.500.000 so`mlik “LG” rusumli televizori, narxi 100.000 so`mlik “Nokia 6230” va narxi 120.000 “Nokia 6300” rusumli uyali telefon apparatini o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan.Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni K.O`. sodir etganligi aniqlanib, “qamoqqa olish tarzidagi” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

 
 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar