G`allaorol tumani "Ko`kgumbaz" mahalla fuqarolar yig`ini hududidan o`tuvchi "Toshkent–Termiz" M-39 yo`lining 1012-kilometrida “Kamaz”ning ortidan “Zil-130” yuk mashinasi urilgan.Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Oqibatda “Zil-130” haydovchisi, Qashqadaryo viloyati Koson tumani Yakkasaroy qishlog`ida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan J.E. bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq jarohati hamda chap oyoq sinishi tashxisi bilan G`allaorol tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Voqea yuzasidan tuman ichki ishlar bo`limi surishtiruv olib bormoqda.
| |
10.11.2020 07:18
G`allaorol tumanida "KAMAZ" va "ZIL" to`qnashdi






