AsosiyJamiyat

Toshkentda soxta tillalarni 1 mln 470 ming so`mga sotgan shaxs aniqlandi

'Toshkentda soxta tillalarni 1 mln 470 ming so`mga sotgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Tillaning shaytoni bor deyishadi. Oltinga xirs qo`yish yaxshilikka olib kelmaydi. Oltinfurushlarning ham hammasi insofli emas. ular orasida firib beruvchilar ham uchrab turadi. Bundaylarning qo`liga tushib, aldanib qolganlar ham oramizda bor.

Aynan shunday holat Toshkent shahrida sodir bo`ldi. Olmazor tumanida fuqaroga soxta tilla buyumlarga sotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda poytaxt viloyat hokimligi yozdi

Aytilishicha, Toshkent shahar Olmazor tumani Ichki ishlar organlariga 40 yoshli M.Nazira murojaat qilib, 26 yoshli A.Bekzodga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. 

Aniqlanishicha A.Bekzod 23 yanvar kuni unga soxta tilla taqinchoqlarni M.Naziraga 1.470.000 so`mga sotgan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Jinoyat sodir etgan shaxs ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar