Majburiy ijro byurosining Norin tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida fuqaro U.Ergashev 2 nafar farzandining voyaga etgunga qadar 62,5 mln so`m aliment mablag`ini to`lab berdi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to`lash, shuningdek aliment to`lash majburiyatini ta`minlash bo`yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to`g`risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to`lash bola voyaga etgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo`lmagan muddatga amalga oshirish ko`rsatib o`tilgan.
Byuroning Norin tuman bo`limi tomonidan aynan qaror bilan tasdiqlangan nizom talablaridan kelib chiqqan aliment to`lovchilar bilan tushuntirishlar olib borilmoqda. Natijada, joriy yilning o`tgan davrida 10 nafardan ortiq fuqarolar farzandlarining voyaga etgunga qadar mablag`larini to`lab berishdi va ijro hujjatlari tamomlandi.
Bundan tashqari davlat ijrochilari tomonidan o`tkazilayotgan targ`ibot tadbirlari samara berib, ajrashgan oilalarni yarashtirishga erishilmoqda.
Masalan, fuqarolik ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumanlararo sud qaroriga asosan karzdor D.Xudoyberdievdan undiruvchi M.Xudoyberdieva foydasiga 1/4 kismda aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo`lim ish yurituviga olingan va kuni kecha ushbu oila bilan olib borilgan tushuntirishlardan keyin er-xotin yarashishdi. Belgilangan tartibda ijro hujjati tamomlandi.






