Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 7:30 larda «Samarqand – G`uzor» yo`lining 552 kmda avtohalokat sodir bo`ldi.
Bu haqda xabar bergan nnews.uzning ma`lum qilishicha, “Neksiya” haydovchisi G`uzor tuman Pachkamar qishlog`idan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo`qotgan. Natijada mashina yo`l chetidagi beton to`siqqa urilgan.


Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, mashina yo`lovchisi tan jarohati olib, shifoxonga tushgan.
Viloyat yo`l-harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan mazkur holat haydovchilar o`rtasida muhokama qilinib, haydovchilarga yo`llarda harakatlanishda sergak bo`lishlari tushuntirilgan.






