15-24 yanvar kunlari Germaniyada jahondagi eng yirik “Yashil hafta — 2016” xalqaro oziq-ovqat sanoati, qishloq, o`rmon va bog`dorchilik xo`jaligi ko`rgazmasi bo`lib o`tadi.
“Yashil hafta” qishloq xo`jaligi, chorvachilik, bog`dorchilik va oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish sohalarida eng so`nggi yutuqlar namoyish etiladigan platforma hisoblanadi, bu haqda "Jahon" AA xabar beradi.
O`zbekiston vakillari ko`rgazma doirasida mamlakatimiz qishloq xo`jaligi mahsulotlarini namoyish etadi, deya xabar beradi Jahon axborot agentligi.
“Yashil hafta — 2015” ko`rgazma yakunlariga ko`ra, O`zbekiston mahsulotlari eksport qilish uchun qiymati 122,3 million AQSh dollari bo`lgan shartnomalar imzolangan.





