AsosiyJamiyat

Toshkentda g`ayriqonuniy ishdan bo`shatilgan Sanitariya-epidimiologiya osoyishtalik markazi xodimi ishiga qayta tiklandi

'Toshkentda g`ayriqonuniy ishdan bo`shatilgan Sanitariya-epidimiologiya osoyishtalik markazi xodimi ishiga qayta tiklandi'ning rasmi

 Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 2020 yil 29 sentyabrdagi qarorida Toshkent shahar Yashnobod tuman sanitariya-epidimiologiya osoyishtalik markazi tomonidan 2020 yil 22 mayda qabul qilingan N.Umarova bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to`g`risidagi 37-sonli buyrug`i g`ayriqonuniy deb topilib, bekor qilinishi ko`rsatilgan.   

Mazkur ijro hujjati MIBning Yashnobod tuman bo`limiga kelib tushgan bo`lib, bo`lim davlat ijrochisi A.A`zamov tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 10/5-2-20-1271-sonli ijro ishi yuritish qo`zg`atilgan.

2020 yil 29 oktyabrda Toshkent shahar Yashnobod tuman sanitariya-epidimiologiya osoyishtalik markazining buyrug`iga asosan N.Umarova ishga qayta tiklandi.   

    Boshqa yangiliklar