Rossiya harbiy-havo kuchlari “Islom davlati”ga zarba berishda Turkiyaga xalaqit beryapti. Moskva o`z pozisiyasini o`zgartirishi yoki Suriyadagi operasiyalardan voz kechishi kerak. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo`g`lining so`zlariga tayanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.
“Ayrim mamlakatlarning harbiy-havo operasiyalari portlatish xususiyatiga ega. Yoki ular o`zlari ‘Islom davlati’ni yo`q qilsin, yoki hududni tark etib, bu ishni qilishni bizga qo`yib bersin” — dedi Dovudo`g`li.
Shuningdek, u rossiyalik harbiylarni maktab va shifoxonalarga zarba berishda aybladi.
“Hech kim ‘Islom davlati’ni yo`q qilish va terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash maydonlarini tashkil etish niqobi ostida tinch aholi vakillarini jazolamasin”,— qo`shimcha qildi bosh vazir.





