Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 10 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 173 (+228) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
7 nafari Namangan viloyatida,
9 nafari Surxondaryo viloyatida,
4 nafari Farg`ona viloyatida
64 nafari Toshkent viloyatida
129 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 589 nafarga etdi.
Yurtimizda jami 66 433 (+239) nafar fuqaro koronavirusdan sog`aydi va kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar,
Andijon viloyatida 14 nafar,
Jizzax viloyatida 6 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
Navoiy viloyatida 3 nafar,
Namangan viloyatida 10 nafar,
Surxondaryo viloyatida 8 nafar,
Farg`ona viloyatida 7 nafar,
Toshkent viloyatida 82 nafar,
Toshkent shahrida 103 nafar bemor tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 2 151 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.







