AsosiyJamiyat

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog`i tashkil qilinadi

'“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog`i tashkil qilinadi'ning rasmi

Hukumatning “Janubiy Ustyurt” milliy bog`ini tashkil qilish to`g`risida”gi qarori (707-son, 11.11.2020 yil) qabul qilindi. 

Qarorga ko`ra:

Qo`ng`irot tumani hududida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 447 143 gektar bo`lgan “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog`i barpo etiladi.

Qaror bilan:

Tabiat bog`ining xo`jalik maqsadida foydalanish zonalaridagi erlar ushbu hududlarda joylashgan er egalari, erdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;

Tabiat bog`i Davlat ekologiya qo`mitasining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi;

Tabiat bog`i Davlat ekologiya qo`mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish jamg`armasi mablag`lari hamda qonun hujjatdarida taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Ushbu me`riy hujjat bilan:

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog`ining umumiy maydoni;

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog`iga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan er uchastkalarining maydoni;

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog`ining qo`riqxona, rekreasiya va xo`jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan er maydoni;

Yuz.uz yozishicha Tabiat bog`i ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlangan.

    Boshqa yangiliklar