"Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qarorida qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich patronajning universal-progressiv modeli joriy etiladi. Homilador va tug`ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalarga alohida patronaj hamshirasini biriktiriladi. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Patronaj hamshiralariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- ️Umumiy holati qoniqarli va xavf guruhidagi aholini aniqlash hamda ular sog`lig`ining umumiy holatini differensiallashgan yondashuv asosida kuzatib borish;
- ️Umumiy holati qoniqarli bo`lgan barcha homilador va tug`ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalarni yagona me`yor asosida bevosita kuzatish;
Ruhiy tushkunlik holati, bolaning to`g`ri ovqatlanishi va rivojlanishi uchun sog`lom muhitni ta`minlashda qiyinchiliklari mavjud bo`lgan homilador va tug`ruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarning har biriga individual reja asosida kengaytirilgan yordam ko`rsatish.